"Saralash o'yinlarida futbolchilarning qanday holatda bo'lishi muhim, Eron va Qatarni esa yutishimiz kerak" - Akmal Shorahmedov

Iskandarov Abdulaziz
27 iyun 2024
Biroz oldin JCH-2026 saralashining uchinchi bosqichiga qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qur'a natijalariga ko'ra vakillarimiz "A" guruhida BAA, Qirg'iz Respublikasi, KHDR, Eron va Qatar bilan kuch sinashadi. Bu haqida terma jamoamiz sobiq futbolchisi Akmal Shorahmedov fikrlarini bildirdi. 


"Guruh oson ko'rinishi mumkin. Lekin bu Jahon chempionati saralash bosqichi. Har bir ochko qiyinchilik bilan qo'lga kiritiladi. Legioner futbolchilarimizning o'sha vaqtda qanday sport formasida bo'lishlari muhim ahamiyatga ega. Jarohatlarsiz, yaxshi formada yetib kelishsa ularni bemalol yutamiz. Saralash bir yil davomida o'tkaziladi. Raqiblarga kelsak, bu boshqa Eron va Qatar bo'ladi. Jahon chempionatiga chiqish uchun baribir Eron va Qatardan ustun kelishimiz lozim",- deydi Akmal Shorahmedov. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia