

Saudiya Arabistoni chempionatida 15-o'rinda turgan “Al Halij” Suaresga 18 oy uchun 5,62 mln evro maosh taklif qildi. 35 yoshli forvard uchun asosiy davogar “Gremio” bo'lib turibdi, ammo u hali yakuniy qarorni qabul qilmagani aytilmoqda.
Urugvaylikning oxirgi klubi “Nasonal” bo'ldi va u jamoa bilan mamlakat chempionligini qo'lga kiritib, 12 bahsda 5+3 natija ko'rsatdi.



