

Klub rahbariyati esa bundan foydalangan holda o'yinchilar bilan shartnoma masalasini ko'rib chiqmoqda.
Klub bosh direktori Ilhom Qurbonovning ma'lum qilishicha, to'rt nafar futbolchi bilan amaldagi shartnoma muddati uzaytirildi. Xususan, Sherzod Fayziev shartnomasini yana ikki yilga cho'zdirgan bo'lsa, Jamshid Hasanov, Mirzohid G'ofurov hamda Sanjar Quvvatov yana bir yillik bitimga imzo chekishdi. Bundan ko'rinib turibdiki, bu fubolchilarning kelasi yilni yana “gazchilar” safida boshlashi aniq.



