

"Uchrashuvni yaxshi boshlay olmadik. Polsha xavfli ekanligini shogirdlarga aytgan edim. Baxtimizga barchasini o'z paytida to'g'irladik. Villyam Karvalyu, Adrien Silva va Renatu Sanshesh polyaklarga hujum uyushtirishga imkon bermadi. Asta-sekinlik bilan maydonda ustunlikni qo'lga oldik. Afsuski, asosiy vaqtda g'alaba qozona olmadik. Umuman olganda Portugaliya g'alabaga munosib edi.
Krishtianu har doimgidek yaxshi o'ynadi. Ammo bugun Pepeni ajratib ko'rsatmoqchiman. Himoyada u ajoyib o'yin ko'rsatdi. Birinchi bo'limda penalti bor edi. Xorvatiyaga qarshi bahsda ham 11 metrli jarima zarbasi qo'yishmagan edi" - deydi Santush.



