Santush: “Ronaldu darajasi pasayishiga rozi bo'ladigan futbolchilardan emas”

30 sen 2020, 08:30
Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush shogirdi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

“Ronaldu 40 yoshgacha o'ynashi mumkin. Ammo u ham bu sodir bo'lish-bo'lmasligini bilmaydi. Qandaydir vaziyatda u kerakli darajada emasligini his qilishi mumkin. Biroq u darajasi pasayishiga rozi bo'ladigan futbolchilardan emas. Agar buni his qilsa, darhol ketadi. U boshqa “Ronaldu” bo'la olmasligini his qilsa, demak, “Ronaldinyo” ham bo'lmaydi (portugal tilida “ino” kamayish manosini beradi. Yani daraja pasayishi). “Ronaldinyo” qo'shtirnoq ichida. Men braziliyalik haqiqiy Ronaldinyo haqida gapirmayapman”, - deydi Santush.


Manba: TVI24