Santu: “Mate menga “Barselona”da o'ynashni xohlayotganini aytdi”

Tolibjon Qosimov
17 iyul 2014
“Valensiya” himoyachisi Jeremi Mate klubini o'zgartirmoqchi.
Bu haqida “ko'rshapalaklar” murabbiyi Nunu Espiritu Santu malum qildi.
 
“Ayni damda Jeremi “Valensiya futbochisi hisoblanadi. Biz uning savoliga javob topishga harakat qilamiz. U hurmatga loyiq. U besh yildan beri “Valensiya” jamoasida to'p tepadi va jamoada asosiy rolni o'ynab kelmoqda. Mate menga imkoniyatdan foydalanib, “Barselona”da o'ynamoqchiligini aytdi. Uning fikricha bunday imkoniyat faqat 22-23 yoshli futbolchilarda bo'ladi, u esa 31 yoshda” – deydi Santu.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com