“Santos” Robino bilan shartnomani bekor qildi. U bilan 10 oktyabrda shartnoma imzolangandi

17 okt 2020, 07:59
Bu haqida “Santos” rasmiy saytida xabar berildi.

Xabarga ko'ra, tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgandi. Buning futbolchi Italiyadagi sudga bor diqqat e'tiborini qaratishi uchun qilingani aytilmoqda.

Qayd etish joiz, “Santos” Robino bilan 10 oktyabrda 5 oylik shartnoma tuzganini e'lon qilgandi. Biroq tezda muxlislar Robinoning Italiyada sudda qatnashayotganligidan norozi bo'lgandi. Ma'lumot uchun, Robinoga 2017 yilda Milan sudi tomonidan 9 yillik qamoq jazosiga tayinlangandi. Robino 2013 yilda 23 yoshli albaniyalik ayolni guruh bo'lib zo'rlashda ayblangandi. Ish esa hamon ochiq bo'lib, unda sud futbolchining appelyatsiyasini ko'rib chiqmoqda.

36 yoshli Robino “Santos”ga faoliyati davomida 3-marta qaytgan edi. U hozirga qadar “Real”, “Man Siti”, “Milan”, “Guanchjou Evergrand”, “Atletiko Mineyro”, “Sivasspor” va “Istanbul Bashakshehir” klublarida to'p tepgan.


Manba: “Сантос” расмий сайти