Santi Kasorla: "Atletiko" YCHLdan chiqib ketganidan boshlab Yevropa ligasi favoriti bo'lib qolmoqda"

Tolibjon Qosimov
4 may 2018
"Arsenal" yarim himoyachisi Santi Kasorla Yevropa ligasi yarim final javob uchrashuvi doirasida "Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat (0:1)dan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" ikki o'yin natijasi (1:2)ga ko'ra "matraschilar"ga imkoniyatni boy berdi va finalsiz qoldi.

"Atletiko" - Yevropa ligasi finalining yaqqol favoriti. Ular Chempionlar ligasidan chiqib kyetib bu erga o'tishganidan boshlab shunday edi. "Arsenal" bilan shartnomam? U iyunda tugaydi. Kelajagim borasida hech nima bilmayman. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan", - dedi Kasorla.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: uefa.com