Sanshesh kecha PSJga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi va bugun shartnomaga imzo chekadi

Alisher
4 avg 2022, 11:01
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh PSJga o'tish oldidan tibbiy ko'rikdan o'tdi.

Tomonlarning bugun shartnoma imzolashlari kutilmoqda.

Oldinroq, parijliklar portugaliyalik futbolchini 15 million evro evaziga xarid qilishi aytilgan edi.

24 yoshli futbolchi o'tgan mavsum "Lill" tarkibida barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato