Sanset La Ligada fevral oyining eng yaxshi o'yinchisi bo'lish uchun Mbappe, Antoni, Pedri va Budimirdan o'zib ketdi

Alisher
2 mar 2025
La Liga fevral oyining eng yaxshi o'yinchisini e'lon qildi.

Ovoz berishda birinchi o'rinni Oyan Sanset egalladi. 24 yoshli ispan o'tgan oy "Atletik" safida 4ta o'yinda 6ta gol urdi.

Mukofot uchun shuningdek Kilian Mbappe ("Real"), Pedri ("Barselona"), Antoni ("Betis") va Ante Budimir ("Osasuna") davogarlik qilgandi.



AlisherMuallif
Manba: laliga.com