"Sankt-Peterburg" arenasiga yangi chim yotqizildi (video)

Aslanov Jasurbek
30 yanv 2018
Ayni damda FIFA va "Rossiya 2018" tashkiliy qo'mita vakillari ettinchi marotaba JCH-2018 stadionlarini ko'zdan kechirmoqda.

Tekshirish uchun birinchi bo'lib "Zenit"ning Sankt-Peterburgdagi uy stadioni tanlandi. Hozir arenada chim yotqizish ishlari deyarli yakunlangan.

Joriy yilda yangilangan chimdagi ilk o'yin 22 fevral kuni o'tkaziladi. Bu kuni "Zenit" Yevropa ligasi 1/16 final javob uchrashuvida "Seltik"ni qabul qiladi.

Jahon chempionati o'yinlaridan oldin ham chim yangilanishi mumkin. Bunga sabab turnir davomida maydon jiddiy yuklamalarga chidashi kerak bo'ladi.

TAS-IX


Ko'chirib olish (skachat)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com