Sanjar Tursunov: "Turnir jadvaliga mavsum yakunlangach qaraymiz"

Iskandarov Abdulaziz
20 okt 2022
AGMK jamoasi sardori Sanjar Tursunov "Bunyodkor" bilan uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


"Uchrashuvga to'xtalsam, qaysidir vaziyatlarda biz, yana ayrim vaziyatlarda "Bunyodkor" yaxshi o'ynadi. Ikki jamoa ham yuz foiz o'zini ko'rsatdi. Qolaversa, maydon ham o'yin tempiga yaxshi manoda ta’sir qildi. 

Jamoamiz har bir uchrashuvga g'alaba uchun chiqadi. Kubokdan chiqib ketdik, bunga o'zimiz aybdormiz. 11 noyabr kuni so'nggi tur bo'lib o'tadi. Shundan so'ng turnir jadvaliga qaraymiz. Hozirgi vaqtda "Nasaf" va "Paxtakor" chempionlikka munosib ravishda hujumkor o'yin ko'rsatmoqda. "Navbahor"ni ham unutmaslik lozim",- deydi Sanjar Tursunov. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia