

Uchrashuvdan keyin O'zbekiston-2 tarkibida gol urgan hujumchi Sanjar Qodirqulov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yaxshi chempionat tashkil qilindi, musobaqaning Toshkentda o'tkazilayotgani ham yoqimli. Raqiblar kuchli va yaxshi tayyorgarlikka ega. Birinchi o'yinda biroz omadimiz kelmadi va durang o'ynadik. Maqsadimiz har bir o'yinda g'alaba uchun maydonga tushish.
Eng asosiy maqsad esa Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish" - deydi Qodirqulov.




