"SA"ning muxlislarga murojaati!

Nadirkhuja Yuldashev
25 noya 2013
Assalomu alaykum, saytimizning qadrli o'quvchilari! Bugun quyidagi murojaat bilan Sizlarga chiqishni niyat qildik.

Oliy liga o'yinlari yakuniga yetib, futbolchilarimiz tatilga chiqdilar. Ayni paytda oliy ligadan o'rin olgan 75%ga yaqin futbolchi ozod agent maqomini olganlar. Shuning uchun mart oyiga qadar saytimizda transfer jarayoni qizg'in yoritib boriladi. Xorij saytlarida bir futbolchining u jamoadan bunisiga o'tishini katta qiziqish bilan kuzatamiz. Ammo o'zimizda futbolchi toki birorta klub bilan shartnoma imzolab, o'sha klub safida bitta o'yin o'tkazmaguncha hech qanday xabarga ega bo'lmaymiz. Hammasi maxfiy ko'rinish oladi. Muxlis uchun esa jamoasiga qaysi futbolchining kelishi juda ham qiziq. Uch yillik faoliyatimiz davomida shu narsa kuzatildiki, biz bergan xabarlarga klublar tomonidan "hali bo'lmagan, bunday qiziqish yo'q" qabilidagi fikrlar juda ham ko'p marotaba yangradi. Bu borada klublarni tushunish lozim, ular faqat rasmiy xabarni berish huquqiga egalar. Lekin biz topgan xabar har doim o'z asosiga ega bo'lgan, biroq klub va futbolchi o'rtasida shartnoma borasida doim ham kelishuv amalga oshavermaydi. Eng muhimi, sayt tomonidan berilgan axborotning asosga ega ekanligi.

Shuning uchun mart oyiga qadar transferga oid xabarlar rasmiy shartnoma ko'rinishga kelganmi yoki yo'q "SA" tomonidan berib boriladi. Shunday vaziyatlarda klublar tomonidan bo'ladigan etirozlarda bizni ayblamang. O'z navbatida biz ham mas'uliyatni his qilgan holda faqat asosga ega xabarlarni taqdim etamiz.

"SA" tahririyati.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia