Sane va Roys terma jamoadan chaqiruv olishdi

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lev terma jamoaning Millatlar ligasi musobaqasi uchun tarkibini e'lon qildi.

Darvozabonlar: Manuel Noyer (Bavariya), Mark-Andre ter Stegen (Barselona), Kevin Trapp (Ayntraxt).

Himoyachilar: Jerom Boateng, Mats Xummels, Niklas Zyule (ikkalasi – Bavariya), Antonio Ryudiger (Chelsi), Tilo Kerer (PSJ), Mattias Ginter (Borussiya M), Yonas Xektor (Keln), Niko Shulc (Xoffenxaym).

Yarim himoyachilar: Yulian Brandt (Bayer), Yulian Draksler (PSJ), Leon Goretcka (Bavariya), Kay Xavertc (Bayer), Yozua Kimmix (Bavariya), Toni Kroos (Real), Sebastyan Rudi (Shalke), Leroy Sane (Manchester Siti).

Hujumchilar: Marko Roys (Borussiya D), Tomas Myuller (Bavariya), Timo Verner (RB Leyptsig), Mark Ut (Shalke).

Germaniyaliklar 13 oktyabr kuni Millatlar ligasi musobaqasi doirasida Gollandiya, 16 oktyabrda esa Fransiya termasiga qarshi bahs yuritishadi.


Manba: Германия терма жамоаси Твиттери