Sane o'z qaroridan qaytmagan

Mirjalol Normatov
16 fev 2020
Germaniyalik mashhur jurnalist Tobias Altshafflning aytishiga ko'ra, "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane baribir "Bavariya"ga o'tishni istamoqda.

Aytilishicha, uning bu qarorga kelganiga ancha bo'lgan va bunga "Manchester Siti"ning evrokuboklarda ishtirok etish yoki etmasligi ta’sirini o'tkazmaydi.

Yozgi transferlar oynasi vaqtida tomonlar muzokaralar o'tkazgandi. Ammo futbolchining jarohati transferga xalaqit qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild