Sane: "Lev nega meni JCH-2018ga chaqirmaganini tushuntirdi. Hammasi joyida"

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2018, 08:48
"Manchester Siti" hujumchisi Leroy Sane Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyovning uni JCH-2018ga olib ketmaslik qarorini qanday qabul qilgani haqida aytib berdi.

"Biz Lyov bilan vaziyat haqida suhbatlashdik. Uning qarorini qabul qildik. U nega bunday qilganini tushuntirib berdi. Hammasi joyida.

Afsus, Germaniya terma jamoasi pley-offga chiqa olmadi" - deydi Sane.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal