Sancho "Roma"ga o'tishni xohlamayapti, ammo rimliklar uni ko'ndirishga urinib ko'radi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2025
"Roma" Jeydon Sanchoni sotib olish niyatidan qaytgani yo'q.

Avvalroq ma'lum bo'lishicha, "Manchester Yunayted" vingeri Italiya jamoasiga o'tishdan bosh tortgan.

Shunga qaramay, Rim klubi Sanchoning transferini amalga oshirish niyatida va uni ko'ndirishga urinmoqda, deb xabar beradi Janluka Di Marcio.

O'tgan mavsumda Jeydon "Chelsi"da ijara asosida o'ynadi va barcha musobaqalarda 42 o'yinda 15 (5 gol + 10 uzatma) ochko to'pladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com