Sanches: "Biz Messi bilan selfi uchun bu erga kelmadik"

Mirjalol Normatov
23 iyun 2019
Qatar termasi bosh murabbiyi Feliks Sanches Amerika Kubogi doirasida Argentina termasiga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Tarkibimizda professional futbolchilar yig'ilgan. Bu erga Messi bilan selfi tushgani emas, kurashish, o'z o'yinimizni yanada shakllantirish uchun kelganmiz. Argentina - favorit. Ammo kurashamiz. Barchada imkoniyat bor. Optimist bo'lish kerak", - dedi murabbiy.

Argentina - Qatar uchrashuvi bugun tunda soat 00:00da start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: A Bola