Samvel Babayan: "Lokomotiv"ning har bir chizig'iga yangi futbolchilar kerak"

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2019
O'zbekiston Liga Kubogining 3-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Lokomotiv" (2:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan o'z fikrlarini bildirdi.

"Birinchi navbatda "Paxtakor"ni keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. "Qo'qon-1912" va "Paxtakor"ga bu musobaqada maksimal natijaga erishishlarini tilayman.

Bugun tarkibimizda yoshlar ko'p edi, mahorat bobida raqibga yutqazdik, ammo kurashda bunday bo'lmadi. "Lokomotiv" yoshlar jamoasi U-21 Birinchiligida peshqadamlik qilmoqda, biroq Azizbek Amonovni hisobga olmaganda hech kim olimpiya terma jamoasiga chaqiruv olmagani qiziq.

Har bir chiziqda yangi futbolchi kerak. "Lokomotiv" oldiga katta maqsadlar qo'yishini aytish shart bo'lmasa kerak. Yoshlar jamoasini yoshartirishni o'ylayapmiz.

Istalgan klub qaysidir musobaqaga ko'proq e'tibor qaratadi. Qo'qondagi o'yindan keyin ham aytgandim, ushbu musobaqa biz uchun yoshlarni sinovdan o'tkazib olish vazifasini bajarib berdi. Superliganing birinchi davrasini "Lokomotiv" 12 nafar sog'lom futbolchi bilan tugatdi. Shu bois asosiy futbolchilarga dam berdik", - deydi Samvel Babayan.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia