"Sampdoriya" "Yuventus"ga 37 yoshli Kvalyarellaning narxini ma'lum qildi

Alisher
6 yanv 2021
"Yuventus" "Sampdoriya" bilan hujumchi Fabio Kvalyarellaning ehtimoliy transferi borasida muzokaralarga kirishdi.

Genuya klubi 37 yoshli forvardning transferidan 1 million evro ishlab olmoqchi. O'z navbatida "keksa sinora" tajribali futbolchi uchun 500 ming evro to'lashga tayyor.

Kvalyarellaning "Sampdoriya" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Hujumchi joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol (1tasi penaltidan) urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato