"Sampdoriya" Riberi bilan shartnoma imzolashdan bosh tortdi

Alisher
18 noya 2021, 10:15
"Bavariya" sobiq yulduzi Frank Riberi o'tgan yozda "Sampdoriya"ga o'tishni xohlagandi.

38 yoshli francuz "Salernitana"ga o'tishdan oldin ikki bor klubga murojaat qildi.

Qayd etish kerakki, Riberi o'tgan mavsum "Fiorentina"da olgan 4 million evro maoshining uchdan biri qisqarishiga tayyor edi.

Ammo, Massimo Ferrero yoshi sabab Fransiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi bilan shartnoma imzolashdan voz kechdi.


AlisherMuallif
Manba: Secolo XIX