Sampaoliga 3 termadan takliflar bo'lmoqda

Mirjalol Normatov
8 iyul 2018
Argentina termasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining xizmatlariga 3 davlat termalari tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

"Todomercatoweb" xabariga ko'ra, hozirda unga Kosta-Rika, Meksika va AQSH termalaridan takliflar bor. U yaqin vaqtlarda Argentina termasi postini tark etadi va katta extimol bilan ushbu termalardan birining boshqaruvini o'z qo'liga oladi.

Argentina termasi JCH-2018ning 1/8 final bosqichida Fransiya termasiga mag'lub bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todomercatoweb