Sampaoli: “Messidan bundan ortig'ini talab qila olmaymiz”

6 okt 2017, 23:51
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaolining aytishicha, terma jamoa yetakchisi Lionel Messi Peru termasiga qarshi (0:0) kechgan bahsda jamoa uchun borini berib harakat qilgan.

“Messidan bundan ortig'ini talab qila olmaymiz. U barcha hujumlarda ishtirok etayapti, sheriklari uchun yaxshi imkoniyatlar yaratmoqda. Messi amalga oshirgan ishni uddalash har kimning ham qo'lidan kelmaydi”, deya Sampaolining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda A Bola nashri.



Manba: A Bola