Samarqanddagi futzal bo'yicha FIFA Jahon chempionati qur'a tashlash marosimiga ispaniyalik afsonaviy futzalchi va MYU sobiq hujumchisi keladi

Sherzod Nurmatov
24 may 2024
Bu haqda O'zbekiston futbol associaciyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Futzal bo'yicha JCH qur'a tashlash marosimida ishtirok etadigan OAV vakillari uchun media tur tashkil qilinadi.

26 may kuni ko'hna va navqiron Samarqand shahrida futzal bo'yicha navbatdagi FIFA Jahon chempionati guruh bosqichiga qur'a tashlanadi. Ushbu marosimda bevosita qatnashish istagida bo'lgan OAV vakillari akkreditatsiyadan o'tkazildi. Takidlash lozim, mazkur tadbirni yoritib boradigan OAV vakillari uchun media tur tashkil etilishi ko'zda tutilgan.

Dastlab, 26 may kuni OAV vakillari Toshkent-Samarqand-Toshkent yo'nalishida tashkil etilgan avtobusda yo'lga chiqadilar. Samarqand shahrida esa OAV vakillari qur'a bo'lib o'tadigan Registon maydoni media markaziga tashrif buyurishlari mumkin. Media markazning ochilish vaqti soat 18:00 etib belgilangan. Shuningdek, media markazda soat 19:00 da "Media Workshop" tashkil etiladi. Unda qur'a tashlash marosimida OAV va fotomuxbirlar joylashuvi bo'yicha ma'lumotlar taqdim etiladi.



Soat 20:00 dan boshlab esa jurnalistlar mikst-hududda qur'a tashlash jarayoniga tashrif buyuradigan futbol yulduzlariga savol berish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Takidlash lozim, ushbu marosimga sobiq futzal yulduzi, ikki karra jahon chempioni – ispaniyalik afsonaviy futzalchi Kike, "Manchester Yunayted" klubi hamda Fransiya terma jamoasida to'p tepgan mashhur futbolchi Lui Saa, shuningdek, o'zbek futboli yulduzi, Osiyoning 2 karra eng yaxshi futbolchisi Server Jeparov tashrif buyurishi ko'zda tutilgan.



Qur'a tashlash marosimida ishtirok etadigan OAV vakillari yuqorida keltirilgan ishtirokchilarning harakatlanish xaritasida ko'rsatilgan (sariq chiziq OAV vakillari harakatlanadigan hudud) yo'nalishlarda faoliyat yuritishlari so'raladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia