Samandar Ochilov OFK Kubogi haqida: “Maqsadimiz – keyingi bosqichga yo'llanma olish”

Alisher
25 iyun 2022, 14:45
OFK kubogi 1-turidan o'rin olgan “Kopetdag'" – “Xo'jand” (1:3) uchrashuvidan so'ng hamyurtimiz Samandar Ochilov fikrlariga quloq tutdik.

“Juda qiyin o'yin o'tkazishimizni bilardik. Murabbiyimiz ko'rsatmalariga to'liq amal qildik va ishonchli g'alabani qo'lga kiritdik. Futbolchilar juda chiroyli o'yin ko'rsatishdi va muxlislarimiz, rahbariyatni xursand qila oldik. 

To'g'risi, raqib jamoa haqida ko'p ma'lumotga ega emasdik. Lekin o'yinda ko'rindiki, ularda tajribali futbolchilar ko'p. Futbol shunaqa o'yin, unda kimdir yutadi, yana kimdir yutqazadi. O'ylashimcha, turkmanistonliklarga omad yetishmadi. 

Rahbariyat jamoa oldiga guruhni muvaffaqiyatli tugatib, keyingi bosqichga chiqish yo'llanmasini vazifa sifatida qo'ygan. Biz esa buni uddasidan chiqish uchun keyingi o'yinga ham e'tibor qaratamiz. Shu o'rinda bizni moliyaviy tomondan qo'llab-quvvatlab turgan insonlarga minnatdorchilik bildiraman", - deydi Ochilov.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia