Salohning niqobidan foydalangan jinoiy guruh qo'lga olindi

Qohira policiyasi o'z shaxsini "Liverpul" hujumchisi Muhammad Salohning niqoblari orqali yashirishga uringan talonchilar guruhini (4 kishidan iborat) hibsga oldi.

Bu haqda Goal nashri xabar qildi. Mazkur guruh Misr poytaxtidagi do'konlardan birini to'nashga harakat qilgan. Ammo mahalliy policiya xodimlari jinoyatchilarning g'arazli niyati amalga oshishining oldini olgan. 

Xabaringiz bor, Saloh  Misr sportining asosiy yulduzi hisoblanadi . U mamlakat milliy terma jamoasi safida 41ta gol urgan (67 o'yinda).


Manba: Goal