Saloh va de Bryuyne kelasi mavsum jamoadosh bo'lishlari mumkin

Khoja
9 okt 2024
2025 yilda MLSda ishtirok etishni maqsad qilgan "San-Diego" jamoasi yozda bir qator shov-shuvli transferlarni amalga oshirmoqchi.

Klub rahbari Muhammad Mansur "Liverpul" yetakchisi Muhammad Saloh va "Man Siti" sardori Kevin de Bryuyne bilan shartnoma tuzishni maqsad qilgan. 

Ma'lumot uchun, har ikki futbolchining shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. Har ikki futbolchiga Saudiya Arabistoni va MLSning boshqa jamoalaridan takliflar bor.


KhojaMuallif
Manba: