Saloh uchun ehtimoliy klublar ma'lum: "Liverpul" yulduzi Afrika Kubogidan keyin qaerga yo'l oladi?

Sherzod Nurmatov
30 dek 2026
"Liverpul" vingeri Muxammad Saloh Afrika Millatlari Kubogida ishtirok etganidan so'ng yanvar oyidayoq jamoani tark etishi mumkin.

Bu haqda "The Independent" xabar tarqatdi.

Nashr tahlilchilar ma'lumotlarini tahlil qilib, futbolchining keyingi faoliyati qaysi yo'nalishda davom etishi mumkinligini taxmin qildi.

Eng ehtimoliy variant - Salaxning "Liverpul"da qolishi, kamida mavsum oxirigacha.

Agar "qizillar" bilan xayrlashuv ro'y bersa, 33 yoshli vingerga asosiy davogar sifatida "Al Hilol" ko'rilmoqda. Shuningdek, nomzodlar uchligiga Saudiya Arabistonining yana ikki klubi - "Al Ittihod" va "Al Nassr" kirgan.

Yevropa klublaridan "Atletiko" va "Pari Sen-Jermen" tilga olingan, ammo bu transferlarning amalga oshish ehtimoli juda past deb baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Independent