Salixova: "Gazizov O'runovning shartnoma shartlari haqida yolg'on gapirgan"

Alisher
28 yanv 2022
"Spartak" xo'jayini Leonid Fedunning rafiqasi Zarema Salixova yarim himoyachi Oston O'runovning xarid qilinishidagi tafsilotlar haqida gapirdi.

Transfer "qizil-oqlar"ning sobiq bosh direktori Shamil Gazizov qo'l ostida tashkil etilgan.

"Gazizov O'runovni go'yoki "Ufa"dan xarid qilgan. Ufa prokuraturasi klub hisobiga qancha mablag' kelib tushganini ko'rishi kerak.

Dekabrda O'runovning 75 foiz huquqi Gazizovga tegishli ekani ma'lum bo'ldi. Bu mutlaqo moliyaviy firibgarlik. Rasmiy ravishda nega iste'foga chiqarildi? U ishonchni yo'qotdi. Qarang, aldovda aldov bor", - deydi Salixova.

21 yoshli O'runov ayni damda ijara asosida "Ufa"da o'ynamoqda. U "Spartak" tarkibida 8ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Есть тема