Salimjon Zokirov: “Birinchi ligada ishtirok etish uchun sharoitga egamiz”

Narzulla Saydullayev
20 fev 2014
Bu yil Farg'ona viloyatidan qaysi jamoaning birinchi ligada ishtirok etishini bilishga harakat qildik.
“Qo'qon-1912”dan tashqari Marg'ilonning “Atlaschi” va Yozyovon tumanining “Yozyovon-lochinlari” ham bu yil birinchi ligada ishtirok etishi taxmin qilinayotgandi. Ammo bu ikki jamoa ham pulkada yo'llanmani qo'lga kirita olmagan. Adashmasak. “Atlaschi” Toshkentda o'tkazilgan pulkada ham ishtirok etmagandi. Ilgari futbolchilik davrida darvozabon sifatida o'ynagan Salimjon Zokirov bugungi kunda “Yozyovon-lochinlari” jamoasini boshqarib kelmoqda. Murabbiyning aytishicha uning jamoasi bu yil birinchi ligada ishtirok etishga har tomonlama tayyor.

- To'g'risi, bu yil Farg'onadan qaysi jamoalar birinchi ligada ishtirok etishini bilmayman. “Atlaschi” yoki “Yozyovon-lochinlari” bu borada asosiy nomzod ekanligi aniq. Biz viloyat futbol federatsiyasiga joriy mavsum birinchi ligada ishtirok etishga tayyor ekanligimiz haqida ma'lum qilganmiz. Hozirgi kunda qaysi jamoalar ishtirok etishi haqida ham to'liq ma'lumotga ega emasmiz. Qaysidir klub o'ynayman deb hozirlik ko'rayotgan bo'lsa, yana qaysidir jamoaning ertasi mavhum turibdi. Menimcha endi bu masala 21 fevral kuni qur'a tashlash marosimida aniq bo'lsa kerak.

- Sizga faqat shuni aytishim mumkinki, bu yil “Yozyovon-lonchilari” jamoasi birinchi ligada ishtirok etish uchun tayyor. Buning uchun bizda barcha sharoitlar mavjud. Lekin tahminimcha baribir yo'llanma “Atlaschi”ga berilsa kerak. Chunki Marg'ilon shahri jamoasining bu boradagi imkoniyati baribir istaymizmi yo'qmi yuqori. Qolganini vaqt ko'rsatadi.

Islombek Rustambekov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia