Salax yozda ingliz klublaridan biriga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
7 apr 2017, 16:41
"Roma" yarim himoyachisi Muhammad Saloh yozda o'z jamoasini tark etishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, Misr terma jamoasi futbolchisiga ingliz klublari qiziqish bildirmoqda, ammo ularning nomi oshkor etilmayapti.

24 yoshli futbolchi 2014-2015 yillarda "Chelsi" sharafini himoya qilgan va keyinroq "Fiorentina"ga ijaraga berib yuborilgan.

Joriy mavsum Salax A Seriyaning 23 ta uchrashuvida 10 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport