Saloh: "Muxlislar doim yodda tutishini istardim, men ular uchun borimni berdim"

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2025, 11:33
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "qizillar" muxlislariga minnatdorchilik bildirdi.

Bazilar futbolchining bu so'zlarini klubdan kyetish oldidan xayrashuv deb baholadi. 

"Men ular uchun, bu shahar uchun borimni berdim, muxlislar shuni doim yodda tutishlarini istardim. Men o'yindan zavqlanib harakat qildim va erinmasdan, astoydil mehnat qildim. O'ylashimcha, asosiy mano ham shunda - sen boringni berasan, muxlislar bilan aloqa o'rnatasan, ular esa senga mehr-muhabbat ulashadi.

Shunchaki istardimki, ular unutmasin: men bu yerda sakkiz yil to'p tepdim va borimni berdim"


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Thisisanfield.com