Salax APLda qarshi o'ynagan barcha klublarga gol urgan, faqat...

Omonjon To`xtamirzayev
14 okt 2021
Muhammad Salax ingliz klublariga qarshi umumiy hisobda 238 ta uchrashuvda maydonga tushgan - 212 tasi "Liverpul" safida (134 gol) va yana 19 ta "Chelsi"da (2 gol).

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchi o'zi qarshi maydonga tushgan barcha ingliz klublari darvozasini ishg'ol qilgan, faqatgina "Liverpul"dan tashqari. Ha, Salax hech qachon "Liverpul" darvozasini ishg'ol qilmagan. Biroq u bir marta "qizillar"ga qarshi maydonga tushgan.

O'sha yagona uchrashuv 2013/14 yilgi mavsumda ro'y bergan. "Qizillar" "Enfild"da "Chelsi"ga imkoniyatni boy berishgan (0:2), Salax esa maydonda 60 daqiqa harakat qilgan bo'lsada, gol ura olmagan.

Eslagan bo'lsangiz, bu o'sha Stiven Jerrard sirpanib kyetib, to'pni yo'qotgan va amalda "Liverpul"ni chempionlikdan quruq qoldirgan bellashuv.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru