Salaning tragik reysini tashkillashtirgan inson qamoq jazosini oldi

Mirjalol Normatov
12 noya 2021
2019 yilning 22 yanvar kunida "Kardiff Siti" jamoasiga transfer qilingan Emiliano Sala samolyotda aviahalokatga uchrab, vafot etgandi.

BBC xabariga ko'ra, Fransiyadan Buyuk Britaniyaga o'sha reysni tashkillashtirgan biznesmen Devid Xenderson 18 oylik qamoq jazosini olgan. Bunga qadar u samolyot reysini tegishli joylardan ruxsat olmasdan tashkillashtirganini tan olgandi.

Emiliano Sala 15 million evro evaziga "Nant"dan "Kardiff Siti"ga o'tgan va o'shanda u Uels jamoasining eng qimmat futbolchisiga aylangandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC Sport