"Salah "Real" va "Barsa"da o'ynaganida "Oltin to'p"ni olardi. U "Liverpul"da baxtli emas". Misr terma jamoasi sobiq o'yinchisi forvard haqida

Alisher
21 dek 2020, 14:44
Misr terma jamoasi sobiq o'yinchisi Muhammad Abutrika "Liverpul" forvardi Muhammad Salahni "Real" yoki "Barselona" tarkibida "Oltin to'p"ni olar edi deb hisoblaydi.

"Agar Salah "Real" yoki "Barselona"da "Liverpul"dagi darajasida o'ynaganida "Oltin to'p"ni olardi.

Ispan gazetalarining Salahni "Real" va "Barsa" so'rayotgani haqida yozishi normal holat. Mening fikrimcha, "Liverpul" Salahni moliyaviy maqsadda sotmoqchi.

Salahning xafa ekanligini yana bir sababi - "Midtyulland"ga qarshi o'yinda sardorlik bog'ichida o'ynamaganligi (22 yoshli Trent Aleksand-Arnold o'sha o'yinda sardor bo'lgan).

Men Salahning qaroriga hech qanaqasiga ta’sir qila olmayman. U mening do'stim va ukam, Muhammad uning uchun nima yaxshiligini tushunish uchun etarlicha aqlli", - deydi Abutrika.


AlisherMuallif
Manba: beIN Sports