Salah YCHL finalida qaysi jamoaga qarshi o'ynamoqchi ekanligini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
4 may 2022
"Liverpul" YCHL finalida o'ynaydi.

Jamoa futbolchisi Muhammad Salah finalda qaysi jamoaga qarshi maydonga tushmoqchi ekanligi haqida gapirdi. 

"Finalda "Real" bilan o'ynashni istayman. Ular avval bizni finalda mag'lub etishgan - keling, yana bir marotaba finalda o'ynaymiz. 

Besh yil ichida uchta YCHL finali. Vau! Kiyinish xonasida barcha xursand. Bugun bayram qilamiz, ertaga esa e'tiborimizni jamlaymiz. 

Jamoa uchun bor kuchimni beraman. Bitta sovrin yutib bo'ldik. Oldinda Angliya kubogi va Chempionlar ligasi finali. Mavsum oxirida nima istayotganimni bilaman. 

Albatta bizning maqsadimiz - kvadrupl. Men doimo APL va Chempionlar ligasida yutishni istayman. Nima uchun buni amalga oshirmasligimiz kerak?", - dedi Salah.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Anfield Watch