Salah 2018 yilda 19 ta o'yinda 21 ta gol urdi

25 apr 2018, 00:47
“Roma” bilan o'yinning birinchi bo'limida Muhammad Salah dubl qayd etdi.

2018 yilda Muhammad 19 ta o'yinda 21 ta gol urishga erishdi. Salah shuningdek, APLda o'ynaydigan futbolchi sifatida YCHLning bir mavsumida 9 va undan ko'p urgan ikkinchi o'yinchi bo'ldi. Avvalroq bunday natijaga 2002/03 yilgi mavsumda Rud van Nistelroy erishgandi. Buni takrorlash uchun APL Salahni 15 yil kutishiga to'g'ri keldi.

Salahning ushbu mavsumda YCHLdagi gollari soni 10 taga etdi.


Manba: Sports.ru