Saka "Real" kambeklari haqida: "Umid qilamanki, bu "Arsenal" bilan sodir bo'lmaydi"

Aslanov Jasurbek
7 apr 2025, 20:54
Bukayo Saka "Real" Chempionlar Ligasida navbatdagi kambek ijro qilmasligiga umid bildirdi.

8 aprel kuni "Arsenal" Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida "Real"ga qarshi o'ynaydi.


– "Real"ga qarshi bahs sizning faoliyatingizdagi eng muhim o'yinlardan biri deb hisoblaysizmi?

– Menimcha, "Arsenal" safida, ehtimol, shunday.

Ishonchim komilki, ertaga muxlislar o'z vazifalarini a'lo darajada bajaradi va bu kechani "Emireyts" tarixidagi eng go'zal kechalardan biriga aylantirishga hissa qo'shadi.


Bu uchrashuv biz uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki klub ketma-ket ikkinchi marta Chempionlar Ligasining chorak finaliga chiqdi. Shuning uchun ertaga biz yana bir qadam oldinga tashlashga harakat qilamiz.


Ha, raqibimiz – "Real" va biz ularning tarixi va erishgan yutuqlariga hurmat bilan qarashimiz kerak. Lekin bunga ortiqcha e'tibor qaratmaslik lozim, chunki ertaga maydonda hamma narsa bo'lishi mumkin.


Hammamiz ko'rganmiz, "Real" nimaga qodir ekanini, ularning o'yinlarini va kambeklarini guvohi bo'lganmiz. Umid qilamizki, bu narsa biz bilan sodir bo'lmaydi, – dedi "Arsenal" yarim himoyachisi Saka.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport