

Birinchi bo'limda Bukayo Saka raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ma'lum bo'lishicha, u jahon chempionatida "Arsenal"ning yigirma yil ichida gol urgan birinchi futbolchisiga aylandi. Oxirgi marta 2002 yil 2 iyunda Sol Kempbell "to'pchilar" a'zosi sifatida Shvetsiya darvozasini ishg'ol qilgan, o'yin esa durang bilan yakunlangandi - 1:1.
Ikkinchi bo'limda esa Saka yana bir gol urdi va jahon chempionatlari tarixida bir uchrashuvda dubl qayd etgan eng yosh ingliz futbolchisi sifatida tarixga kirdi. Saka hozirda 21 yoshu 77 kunlik hisoblanadi.



