Saidazamat Mirsaidov: "Istalgan raqib bilan o'ynay olishimiz va jang qilishimiz mumkin"

Iskandarov Abdulaziz
8 iyun 2024
O'zbekiston OTJ himoyachisi Saidazamat Mirsaidov Maliga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Qiyin o'yin bo'ldi. Uchrashuvni yaxshi boshladik va birinchi bo'lib hisobni ochdik. Goldan keyin ham vaziyatlarimiz etarlicha edi. Birinchi bo'limdayoq bahs taqdirini hal qilganimizda ishimiz engillashardi. 

Mali bilan uchrashuvlar yaxshigina tajriba vazifasini o'taydi. Aynan bu darajadagi raqiblar bilan kamchiliklarimizni ko'rib olamiz. Ha, vaziyatlardan foydalana olmadik. Buning ustida yana ishlaymiz. Istalgan raqib bilan o'ynash mumkin. Parijda ham jang qilishga tayyormiz",- deydi Saidazamat Mirsaidov.




Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia