Sadio Manening akasi Qozog'istonda akademiya ochishga shama qildi

Sherzod Nurmatov
16 okt 2025
Senegallik sobiq hujumchi Malik Mane Qozog'istonda o'zining futbol akademiyasini tashkil etish haqida o'ylayotganini ta'kidladi.

"Hozir Senegalda akademiyani boshqaryapman - jamoamiz milliy chempionatning uchinchi divizionida o'ynaydi. Bu butunlay mening loyiham, ukam Sadio ishtirokisiz. Senegalda boshqa biznesim ham bor. Ehtimol, kelajakda Qozog'istonda akademiya ochaman. Bu haqda o'ylayapman", – dedi Mane.

37 yoshli Malik Mane 2012 yilda Senegal terma jamoasida 1 ta o'yin o'tkazgan. U "Liverpul" va "Bavariya"da o'ynagan jahon futboli yulduzi Sadio Manening o'gay akasi sifatida tanilgan.

Malik Mane Qozog'istonda "Aktobe" (2011), "Taraz" (2016-2017), "Akjayik" (2018) va "Atirau" (2019) jamoalarida harakat qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: sports24.kz