"Sabablari menga noma'lum". RFI ijroiya qo'mitasi a'zosi - OFKga o'tish bo'yicha ovoz berish jarayoni kechikkani haqida

Sherzod Nurmatov
27 dek 2022
RFI ijroiya qo'mitasi a'zosi Osiyoga o'tish bo'yicha ovoz berishni keyinga qoldirish sabablarini bilmaydi.

"Ijroiya qo'mitasining ovoz berish muddati qoldirildi, ammo bu nima bilan bog'liqligini hozircha bilmayman. Sabablari menga noma'lum", – dedi RFI ijroiya qo'mitasi a'zosi va "Privolje" futbol ittifoqi prezidenti Vladimir Afanasev.

O'tgan hafta RFI prezidenti Aleksandr Dyukov 27 dekabr kuni Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga ehtimoliy o'tish bo'yicha qaror qabul qilinishini ma'lum qilgandi.

Bugun RFI UEFAdan OFKga o'tish bo'yicha ovoz berish boshqa muddatga qoldirilganini e'lon qildi. U 31 dekabrga qadar o'tkazilishi rejalashtirilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport24