Ryudiger navbatdagi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2024
Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger termaning Evro-2024dagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.

Bu haqda "Sky" muxbiri Kerri Xau xabar berdi.

Xabar qilinishicha, 31 yoshli Ryudiger guruh bosqichining 3-turida Shveytsariyaga qarshi o'yinda sonini shikastlab olgan. Germaniya terma jamoasi Ryudigerning jarohati haqida hech qanday izoh bermayapti, biroq u 29 iyun, shanba kuni bo'lib o'tadigan pley-off bosqichining birinchi o'yinida maydonga tusha olishiga umid qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, pley-offda "A" guruhida g'olib chiqqan Germaniya terma jamoasi "S" guruhida ikkinchi o'rinni egallagan jamoaga qarshi bahs olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sky Germany