“Ruxsor” radiosi muxlislari diqqatiga!

Narzulla Saydullayev
3 sen 2015
Radio ijodkorlaridan futbolga bag'ishlangan yana bir jonli loyiha.

Bugun Toshkentda O'zbekiston – Yaman bahsi bo'lib o'tadi. Farg'onaning “Ruxsor” radiosi mazkur o'yinga bag'ishlan maxsus efirni soat 14:00dan boshlab muxlislar e'tiboriga taqdim etadi. Qiziqarli tarafi, muxlislar ushbu dastur orqali bugungi o'yin haqidagi o'z fikrlarini jonli efirda bildirish imkoniga egalar. Ma'lumot o'rnida, radio efirga ulanish uchun 0944 va 0971 raqamlariga qo'ng'iroq qilish kerak bo'ladi. Shu qatori, bo'lajak o'yinning hisobini to'g'ri topgan muxlisga “Neftchi” jamoasining navbatdagi o'yini uchun chipta ham sovg'a qilinadi. Dasturni Hojiakbar va Jamshid olib boradi.

“Ruxsor” TRK matbuoti xizmati.


Diqqat tanlov!


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia