

4 kun davom etgan musobaqada 160 nafar xavaskor futbolchilar o'z imkoniyatlarini ishga solishdi. Bugun chorak va yarim final bahslari bo'lib o'tdi. So'nggi natijalarga ko'ra, musobaqaning final o'yiniga "Marg'ilon" va "Ipakchi" xavaskor futbolchilar jamoalari yo'l olishdi. "Neftchi-Karate" va "Baynalminal" esa uchinchi o'rin uchun bellashadi. Shuningdek, ertaga "Ruxsor Kubogi"ning yopilishi marosimi ham bo'lib o'tadi. Unda g'olib va sovrindorlar, xususan musoboqaning "eng yaxshi futbolchisi" nominaciyasi bo'yicha sovrinlar topshiriladi. Eslatib o'tamiz, taqdirlash marosimida "Neftchi" PFK a'zolari ham ishtirok etishi kutilmoqda.
"Ruxsor" TRK matbuot xizmati.



