

- Har ikki jamoa ham faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushgandi. Shu bois ikki tomon bor kuch va g'ayratini ishga soldi. Bu borada mezbon jamoaning xohishi kuchliroq ekanligi maydonda ko'rindi. Dinamoni haqli g'alaba bilan tabriklayman. Bu yilgi sovrinli o'rinlar uchun Bunyodkor, Lokomotiv, Paxtakor, Nasaf klublari kurash olib borishadi. Shuningdek, Dinamo va Olmaliq jamoalarining ham o'yini menga yoqqanligini aytib o'tishim mumkin. Bu klublar ham tarkib va o'yinlari bilan yuqori o'rinlar uchun kurashish imkoniyatiga egalar.



