Rustam Ashurmatov: "BAA bilan natija emas, o'yinni shakllantirish muhim deb o'ylayman"

Tolibjon Qosimov
11 noya 2017
Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Ro'ziqul Berdiev boshchiligida birinchi mashg'ulotni o'tkazdi.

"Paxtakor" markaziy stadionida o'tkazilgan mashg'ulotdan oldin yig'inga chaqirilgan Rustam Ashurmatovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Raqib haqida hozircha etarli ma'lumotlarimiz yo'q, murabbiylarimiz endi bizga ular haqidagi ma'lumotlarni etkazishadi va shunga qarab tayyorlanamiz. Lekin, internet orqali ularning tarkibini ko'rib chiqdik. Ularda ham ko'plab taniqli o'yinchilari yo'q, BAA ham huddi biz kabi yangilangan tarkib bilan yig'in o'tkazmoqda.

Terma jamoada yangi tarkib yig'ilgani bilan futbolchilarning hammasi bir-biri bilan yaxshi tanish. Sababi, O'zbekiston chempionati va kubogida ko'p bor maydonda to'qnash kelganmiz. Bu yangi bosh murabbiy bilan birinchi o'yinimiz bo'ladi va bunda natija eng muhimi bo'lmasa kerak, muhimi o'yinni shakllantirish deb o'ylayman", - deb aytib o'tdi Ashurmatov.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia