Rustam Abdullaev: "Javob o'yinini kutamiz"

Narzulla Saydullayev
12 iyun 2015
O'zbekiston kubogi doirasidagi "So'g'diyona" - "Qo'qon-1912" uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi o'z fikrlarini bildirdi.
"Birinchi bo'limdagi 3ta juda qulay imkoniyatdan foydalana olmadik, ikkinchi bo'limda markaziy himoyachilarimiz xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik. Vaziyatlardan foydalana olmadik, raqib esa aksincha. Javob bahsida vaziyatni to'g'rilashga urinamiz. Eminov oliy liga doirasidagi keyingi turni o'tkazib yuboradi. Lekin almashtirib bo'lmaydigan futbolchi yo'q. Uning o'rnini to'ldiradigan yigitlar tarkibimizda etarli", - deydi Rustam Abdullaev.


Islombek Rustambekov

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia