Ruslan Ahmedov: "Xorazm"dagi legionerimiz mahalliy futbolchilardan ham kamroq maosh oladi"

Alisher
6 avg 2022, 11:07
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" (3:3) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ruslan Ahmedov fikrlarini bildirdi.

"Uchrashuv natijasi adolatli bo'ldi. O'zbek futbolida ruhiyat bilan bog'liq muammo uchraydi. Birinchi goldan keyin himoyaga yotib oldik. Keyin esa indvidual xatolar qimmatga tushdi.  3:2 hisobida yutayotgan paytimizda natijani ushlab qola olmadik. Yigitlarga etirozim yo'q, o'yin uchun rahmat aytaman", - deydi Ruslan Ahmedov. 

- Maydonda teng kuchli jamoalar to'qnash keldi...

- Asror Aliqulovni yaxshi bilaman. To'pni nazorat qilishda  "Sho'rtan" yaxshi jamoalardan. Kelajagi bor klub. Bu jamoa 1-2 yil ichida Superligaga chiqishga da'vogarlik qiladi. Bizning maqsadimiz "Xorazm"ni yoshartirish. Kuchli beshlikka kirishga harakat qilamiz.

- Yoshartirishga klubning moliyaviy holati sabab bo'lyaptimi?

- Superliga bilan Pro ligani  solishtirib bo'lmaydi. Moliyaviy holatimiz er bilan osmonchalik farq qiladi. Superligaga chiqishga infratuzilma tayyor emas. Mahalliy byudjet homiylik qiladi. Jamoa 2-3 yilda tayyor, qo'shimcha moliyaviy manba bo'lishi lozim. Legionerimiz o'zimizning futbolchilardan ham kam maosh oladi. Yoshi, moddiy tomoni bizga to'g'ri keldi. 

- Durang qoniqtirdimi?

- Albatta. Bu adolatli natija.








AlisherMuallif
Manba: championat.asia